O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar o‘ntaligi aniqlandi
Bu qiziq
−
14 may 2023
13723Statistika agentligi O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar o‘ntaligini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln so‘mni tashkil etgan. O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida esa Xitoy eng yuqori ulushga ega bo‘lgan.
Demak, jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar quyidagilar:
- Xitoy – 19,9 foiz
- Rossiya – 15,7 foiz
- Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz
- Turkiya – 6,1 foiz
- Kipr – 5,4 foiz
- Germaniya – 3,3 foiz
- Shveysariya – 3 foiz
- Singapur – 2,9 foiz
- Gonkong – 2,8 foiz
- Buyuk Britaniya – 2,7 foiz