O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobarga oshdi
Jamiyat
−
06 noyabr 2023 6849 1 daqiqa
Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga 22,5 mingta elektromobil import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobar ko‘p. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, so‘nggi 10 oy davomida umumiy qiymati 582,3 million dollar bo‘lgan 22,49 mingta elektromobil import qilingan. 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 3 ming 679 tani tashkil etgandi.
Shuningdek, yetkazib berish hajmi ham 13 barobarga ortgan. Jumladan, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 55,4 million dollarlik 1 ming 749 ta elektromobil import qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qilgan va u bilan elektomobillar hamda elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni muhokama qilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr