O‘zbekistonda elektromobil importi 5,2 baravar ko‘paydi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 734 ta elektromobil import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.

2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

•    Xitoy – 654 ta
•    BAA – 40 ta
•    Germaniya – 17 ta
•    Gonkong – 10 ta
•    Litva – 6 ta
•    Estoniya – 2 ta
•    Koreya – 2 ta

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 280,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilingan. Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika elektromobil'

Baholaganlar

60

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing