O‘zbekistonga dori olib kirish osonlashadi
Jamiyat
−
16 avgust 2023
4392O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi. Bunga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga kecha, 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
- 2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
- 2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;
- 2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
- 2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;
- 2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;
- 2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
LiveBarchasi