O‘zbekistonga dori olib kirish osonlashadi
Jamiyat
−
16 avgust 2023 5270 1 daqiqa
O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi. Bunga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga kecha, 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
- 2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
- 2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;
- 2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
- 2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;
- 2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;
- 2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr