O‘zbekistonga akasining pasporti bilan kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

шаблон лого

Tojikistonlik fuqaro akasining pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Sariosiyo avtoyo‘l” o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirmoqchi bo‘lgan qonunbuzar faoliyatiga chek qo‘yildi. 

Tojikistondan mamlakatga kirib kelayotgan 1983-yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Z.B.ning pasporti tekshirilganda pasportning aslida uning akasi 1976-yilda tug‘ilgan Z.Z.ga tegishli ekanligi aniqlandi. 

Avvalroq, chegarada 100 ming dollarni olib ketayotgan chet ellik ushlangani haqida xabar bergan edik.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chegara qo'shinlari pasporti

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing