O‘zbekistonga AQSH harbiylarini joylashtirish muhokama qilinmayapti – Abdulaziz Komilov

Jamiyat

image

AQSH terrorchilikka qarshi harbiy kuchlarini O‘zbekistonga joylashtirish masalasi muhokama mavzusi emas. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashida aytib o‘tdi.

“Bu masala yo‘q va muhokama qilinmaydi”, degan Komilov sammitda jurnalistlarning savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, “Politico” nashri AQSH Kongressidagi manbasiga tayanib, Pentagon aksilterror kuchlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishini xabar qilgandi.

Gap AQSH harbiylariga Afg‘onistondagi nishonlarni yaxshiroq kuzatish va ularga zarba berishi uchun chegara ortidagi aksilteror kuchlari haqida bormoqda.

Mazkur xabarlarga Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ham munosabat bildirib, Pentagon bilan muzokara o‘tkazilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z hududida AQSHning aksilterror kuchlarini joylashtirish taklifini olmagan va bunday qadamlarni rejalashtirmagan, chunki bu Konstitutsiyada taqiqlangan va mamlakatimiz mudofaa doktrinasida ko‘zda tutilmagan”, degan vazirlik matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, muqaddam O‘zbekistonda AQSH harbiy kuchlari joylashtirigan. 2001 – 2005 yillarda AQSH harbiylari Qashqadaryodagi Xonobod harbiy aerodromidan foydalangan. Bu baza gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing