O‘zbekistondan “surayotgan”lar soni keskin oshdi

Bu qiziq

image

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 14 666 nafar o‘zbekistonlik xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 5 baravarga yuqori.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi – 11 921 kishi Qozog‘iston (81,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Rossiyaga 2248 (15,3 foiz), Qirg‘izistonga 72 (0,5 foiz), Janubiy Koreyaga 71 (0,5 foiz), Turkmanistonga 32 (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlarga 322 kishi (2,2 foiz) ko‘chib ketgan.

Respublika hududi bo‘ylab migratsiya qilganlar yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 10,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 8,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ko‘chib ketganlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 168,4 foizga, Navoiy viloyatida 143,7 foizga, Buxoro viloyatida 121,4 foizga, Xorazm viloyatida 115,9 foizga va Toshkent shahrida 115,4 foizga teng bo‘lgan.

Hududlar bo‘yicha xorijga ko‘chib ketish koeffitsiyentining eng yuqorisi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, nisbatan past darajasi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning xuddi shu davrida O‘zbekistonni tark etganlar soni 3 152 kishini tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing