O‘zbekistondan Rossiya, Xitoy va qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
09 yanvar
2354O‘zbekistonning turli hududlaridan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Xitoyga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.
Yangi qatnovlar quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Qozog‘istonga
- Buxoro – Turkiston;
- Urganch – Aqtau;
- Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali).
Tojikistonga
- Samarqand – Dushanbe;
- Buxoro – Dushanbe.
Qirg‘izistonga
- Andijon – O‘sh;
- Andijon – Jalolobod;
- Andijon – Arslanbob;
- Kosonsoy – Jalolobod;
- Buxoro – Bishkek.
Rossiyaga
- Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva;
- Urganch – Nukus – Ufa;
- Nukus – Krasnodar;
- Toshkent – Ufa;
- Toshkent – Krasnodar.
Xitoyga
Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka o‘z takliflarini kiritishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Bosh vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi haqida xabar berilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi