Mahalliy yo‘nalishdagi avtobuslar qatnovi uchun qanday talablar bor?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 iyundan “Yashil” va “sariq” hududlarda hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat berildi.

Transport vazirligi karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi quyidagicha:

Barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalar hududiga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi;

Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi. Barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalar hududiga hamda avtobus transportlariga bir martalik himoya niqoblarida kiritiladi;

Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avtovokzal va avtostansiya xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi;

Yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart;

Avtovokzal va avtostansiyalar hududlarida yo‘lovchilarning (uch tadan ortiq) to‘planishlari qati’yan taqiqlanadi (oila a’zolari bundan mustasno);

Avtovokzal va avtostansiyalarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shohobchalarining faoliyat yuritishlari ta’qiqlanadi. (karantin qoidalariga amal qilgan holda, oziq-ovqat do‘koni va dorixonalar faoliyati bundan mustasno).

Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan O‘zbekistonda yana qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Xususan, xalqaro parvozlar va poyezdlar qatnovi tiklanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

karantin avtobus qatnovi

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing