O‘zbekistondan RFga 10 ta yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
4256Joriy yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva, Samara, Sankt-Peterburg, UFA kabi 10 ta shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avtotransport xizmatini rivojlantirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, “Uzavtotrans Service” MCHJ korxonasiga bank tomonidan 20 million dollar kredit mablag‘i ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ hisobidan korxonaga Xitoyning “Zhengzhou Yutong Bus Co Ltd” kompaniyasidan 168 dona zamonaviy avtobus va ehtiyot qismlar olib kelingan.
“Uzavtotrans Service” MCHJ korxonasi tomonidan kelasi oy – dekabrdan boshlab Rossiyaning 10 shahriga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Yo‘nalishlarga zamonaviy 168 ta avtobus qo‘yilgan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha qulaylik mujassam.
Bu borada korxona tomonidan xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobus texnik, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, avtobuslarning sanitar holati muntazam nazorat qilinadi. Qatnov jarayoni esa GPS tizimi orqali onlayn tarzda nazorat qilib boriladi.
LiveBarchasi