O‘zbekistondan Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postidan o‘nlab yuk mashinalari qo‘shni respublikaga yo‘l olgan.

Ikki mamlakat vakillari rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Qirg‘iziston vakillariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel sodir bo‘lgandi. 3 iyul kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududlari uchun 95 tonnalik insonparvarlik yordamini yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston insonparvarlik yordami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing