O‘zbekistondan 1 mln dollardan ortiq valyutani olib chiqib ketayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposining 2 nafar mashinisti “Chuqursoy-Sarag‘och” yo‘nalishida o‘zlari boshqarib ketayotgan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSH dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln. 424 ming 500 rossiya rubli miqdoridagi pul mablag‘larini yashirgan holda Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lganlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, mazkur elektrovoz “Keles” temir yo‘l bekatiga olib kelinib, qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, mashinist o‘rindig‘i ostiga yashirib qo‘yilgan qo‘shimcha 1 ming 50 AQSH dollari ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd 277 mln 447 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro bergani ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davomida u ham qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tkazib berish evaziga mashinistlar 300 AQSH dollari olgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu pul mablag‘larining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

515

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing