O‘zbekistondagi urush qatnashchilari Vladimir Putin nomidan mukofotlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari va mehnat fronti zahmatkashlari - Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga G‘alabaning 75 yilligi sharafiga chiqarilgan yubiley medallarni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.

Medallar Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan topshirildi. Ularni Valentina Pavlovna Deleva, Svetlana Petrovna Malseva va Anna Sergeyevna Kikteva qabul qilib olgan. 

O‘zbekistonda mingga yaqin urush faxriylari va 40 mingdan ortiq mehnat fronti ishchilari yashaydi. Ulug‘ Vatan urushida 1,4 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisi qatnashgan, ulardan 400 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 130 ming kishi bedarak yo‘qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing