O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik qancha?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatdagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi  2092,6 ming so‘mni tashkil etmoqda. 

Yuqorida keltirilgan ish haqi summasiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan. Shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

Aytishlaricha, o‘rtacha oylik 2018 yilning mos davriga nisbatan 30,1% ga o‘sgan. 

Respublika bo‘yicha 2019 yil yanvar-iyun oylarida 2018 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o‘sish sur’ati sog‘liqni saqlashda 37,2%, ta’lim sohasida 35,3%, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida 31,8%, sanoatda 23,0% va qurilishda 22,9% kuzatildi.  

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2971,9 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 142,0%) tashkil etgan. 

Navoiy viloyatida 2659,5 ming so‘mni (127,1%) va Toshkent viloyatida 2300,7 ming so‘mni (109,9%) tashkil etgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida 1738,2 ming so‘mni (83,1%), Surxondaryo viloyatida 1722,8 ming so‘mni (82,3%), Namangan viloyatida 1720,0 ming so‘mni (82,2 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Davlat statistika qo'mitasi Oylik maosh

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing