O‘zbekiston fuqarolari ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketyapti?
Jamiyat
−
29 aprel 2020
161312020 yilning birinchi choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng ko‘p qismi Qozog‘iston Respublikasiga ko‘chib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar, fevral, mart oylari davomida O‘zbekistondan 1906 kishi chet davlatlarga ko‘chib ketgan. Shundan 1234 nafari (yoki umumiy ko‘chib ketganlarning 64.8 foizi) Qozog‘iston, 557 nafari (29.2 foizi) Rossiya Federatsiyasi, 18 nafari (0.9 foizi) Qirg‘iziston, huddi shunchasi Isroilga, 15 nafari (0.8 foizi) Tojikiston va 64 nafari boshqa davlatlarga ko‘chib ketgan.
Shuningdek, o‘tgan uch oy davomida O‘zbekistonga 490 kishi xorij mamlakatlaridan ko‘chib kelgan. Bu reytingda ham qo‘shni Qozog‘iston (167 nafar yoki jami ko‘chib kelganlarning 34.1 foizi) birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (140 nafar), Rossiya Federatsiyasi (96 nafar), Qirg‘iziston Respublikasi (35 nafar), Ukraina (6 nafar) kabi davlatlar turibdi. Shu bilan birga, 46 nafar fuqaro boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan.
LiveBarchasi