Avgustda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani aytildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda avgust oyida eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, o‘tgan avgust oyida mamlakatda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. 

Mamlakatda joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida jami 52 202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 % o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan. 
 
Joriy yilning avgust oyida 7 301 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich iyul oyiga nisbatan 82 taga ko‘p.
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 52 202 dona Cobalt (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,9 %), 46 904 dona Nexia T-250 (93,6 %), 35 150 dona Lacetti-Gentra (127,9 %), 35 322 dona Damas (110,2 %), 18 275 dona Spark (128,6 %) hamda 5 327 dona Labo (105,7 %) avtomobillari ishlab chiqarilgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing