O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik qancha?
Jamiyat
−
27 iyul 2020
216602020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati – 30,4 foizga, ta’lim sohasi – 22,9 foizga sezilarli darajada past bo‘ldi. Shu bilan birga bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati – 13,7 foizga, axborot va aloqa sohasi – 62,2 foizga respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o‘sishi kuzatildi. Ayniqsa bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida – 33,4 foizga, tashish va saqlash sohasida – 28,5 foizga sezilarli o‘sish kuzatildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,9 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 17,0 foizga oshgan.
Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan sezilarli yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri – 39,6 foiz, Sirdaryo viloyati – 2,0 foiz, Toshkent viloyati – 0,2 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,2 foiz hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, 10 ta hududda ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past ekanligi kuzatildi.
Respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyati – 95,6 foiz, Xorazm viloyati – 92,0 foiz, Farg‘ona viloyati – 90,9 foiz, hamda Qashqadaryo viloyati – 88,7 foiz hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun: O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
LiveBarchasi