O‘zbekistondagi “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kitco tahliliy markazi talqiniga ko‘ra, O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni 2020 yilda oltin qazib olish bo‘yicha eng yaxshi kon deb topildi. Markaz eng yaxshi konlar TOP-10 taligini tuzgan.

Markaz ochiq konlardan iborat “Muruntov” majmuasi 2020 yilda 2 million unsiyadan biroz ko‘proq oltin qazib olgan deb baholagan.

Davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan konning uzunligi 3,3 kmdan oshiq, kengligi 2,5 km va 600 metr chuqurlikda. Hisobotda juda yaxshi resurs zaxirasiga ega (150 mln unsiyadan ortiq) “Muruntov” majmuasi yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin koni maqomini saqlab qolishi taxmin qilingan.

“Muruntov” koni 1958 yilda sovet geofiziklari Yuriy Mordvinsev va Pyotr Jramishkin tomonidan ochilgan. Bu yerda oltinni qazib olish 1969 yilda boshlangan.

 Reytingda O‘zbekistondan keyin AQSHdagi “Karlin” va Rossiyadagi “Olimpiada” oltin koni joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin koni

Baholaganlar

1016

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing