100 dan ortiq odamni oltin koni bosib qoldi
Olam
−
19 avgust 3734 1 daqiqa
Kecha, 18 avgust kuni Kamerundagi oltin konida yuz bergan o‘pirilish oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, “Cameroun24” xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘pirilish Kamerun sharqidagi Zambua aholi punktida joylashgan oltin qazib olish ob’ektida sodir bo‘lgan. Hodisadan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar va tuproq ostidan 100 dan ortiq murdani olib chiqqan.
“Kamerun sharqidagi Zambua aholi punktidagi oltin qazib olish ob’ektida o‘pirilish yuz berdi. 107 kishining jasadi chiqarib olindi”, deyiladi xabarda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Zambua qishlog‘i Kamerunning Markaziy Afrika Respublikasi bilan chegarasi yaqinida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi tog‘ hududiga oltin qazib olish maqsadida borgan 4 nafar fuqarodan 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketgandi.
Live
BarchasiIrina Mudra qo‘lga olindi
19 avgust