O‘zbekistondagi maktablarda kompyuter sinflari soni nechta? 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020/2021 o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumta’lim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, mazkur umumta’lim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud. 

Yillar kesimida umumta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflari soni: 

• 2017/2018 o‘quv yili boshiga – 11 821 ta 

• 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 12 165 ta 

• 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 12 630 ta 

• 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 13 240 ta 

Qayd etilishicha, 30 yilda umumta’lim muassasalari soni 1624 taga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab komp'yuter sinfi

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing