O‘zbekistondagi madrasalarda qaysi fanlardan qabul imtihonlari o‘tkaziladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha imtihon o‘tadigan fanlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo‘yicha:

- 1-blok “Chet tili” 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi – jami 96 ball;
- 2-blok “Tarix” 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi – jami 93 ball.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo‘yicha:

- “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi – jami 93 ball;
- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi – jami 63 ball;
- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 1,1 ball beriladi – jami 33 ball.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

- “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi – jami 93 ball;
- “Arab tili” (ijodiy imtihon) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi – jami 63 ball;
- “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 1,1 ball beriladi – jami 33 ball.


Maqola muallifi

Teglar

madrasa

Baholaganlar

354

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing