“Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi o‘pirilib tushdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 30 iyul kuni Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Buxoro viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bunga ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi) sabab bo‘lgan.

Bu holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyida o‘rganish o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, tezkor chora-tadbirlar belgilanib, Respublika Madaniy meros agentligidan vakillar jalb qilingan va “Abdullaxon” madrasasining orqa qismi devorining o‘pirilib tushgan bo‘lagini belgilangan tartibda tegishli loyiha asosida qayta tiklash va zaruriy restavratsiya ishlarini tashkil etish ishlari boshlangan.

Shu bilan birga, Buxoroda texnogen jarayonlar oqibatida nurashi, yemirilishi va qulab tushishi ehtimoli yuqori bo‘lgan 40 ta madaniy meros ob’ektini umumbashariy qiymatini saqlash, ularda tiklash, restavratsiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha olimlar, restavratorlar va malakali mutaxasislar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilgan holda zarur chora-tadbirlar belgilanishi haqida Hukumatga aniq takliflar yuborilgan.

Bundan tashqari, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro madrasa

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing