O‘zbekiston Afg‘onistonda madrasa qurmoqda
Olam
−
19 iyul
9427Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan madrasa qurilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama qilgan. Uchrashuvda Muhammad Nadem O‘zbekiston Afg‘onistonga turli sohalarda, xususan, oliy ta’lim sohasida hamisha sidqidildan yordam berib kelayotgan davlatlardan biri ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, vazir vazifasini bajaruvchi elchiga Balx viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilayotgan seminariya (madrasa) uchun minnatdorchilik bildirgan va bunday hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratgan.
Bundan tashqari, elchi Shodmonov vazirga o‘z rejasi, jumladan, oliy ta’lim haqida batafsil ma’lumot bergan hamda ikki tomon o‘rtasida fikr almashilgan.
LiveBarchasi