O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli qanday?

Jamiyat

image

2018 yil dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada (2019 yil 13 mart kuni chop etilgan) AQSH Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli ko‘p jihatdan sezilarli darajada yaxshilanganini e’tirof etgan.  Bu esa ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar samaradorligi va respublika rahbariyatining inson manfaatlariga xizmat qilishiga bo‘lgan qat’iy sodiqligining e’tirofi bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

“Xususan, avvalo jinoiy odil sudlov, sud jarayonining ko‘proq shaffofligini ta’minlash, ayblovchi dalillar bazasidan foydalanishga himoyachi tomoniga kengroq izn berilishi ta’minlashi va natijada oqlovchi qarorlar sonining ko‘payishi sohalaridagi ishlarga ma’ruzada ob’ektiv baho berilishi diqqatga sazovordir”, deyilad xabar avvalida. 

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligi, qiynoqlardan hamda boshqa muomala va jazoning noinsoniy yoki sharafini kamsituvchi turlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar qabul qilinishi, shuningdek, bunday jinoyatlar uchun mas’uliyat kuchaytirilishi aytilgan. 

So‘z va ifoda erkinligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida matbuot erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi, shuningdek, O‘zbekistonning inson huquqlari tashkilotlari va fuqarolik jamiyati faollari bilan ochiq munosabatlari ham inobatga olingan. 

Ma’ruzada diniy ekstremizmda gumonlangan minglab shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari ro‘yxatidan chiqarilishi, shuningdek, ko‘plab afv etish holatlari va ularning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan dasturlar alohida qayd etilgan. 

“Human Rights Watch” va “Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi” ma’lumotlariga asoslanib “O‘zbekistonda yigirma yildan ziyod vaqtdan beri ilk marotaba jurnalistlar va fuqarolik jamiyati faollari qamoqxonalarda qolmagani” ham ma’ruzada e’tirof etilgan. 

Hujjatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muvaffaqiyatli qabul qilingan huquqiy va ma’muriy choralar alohida ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi taraqqiyoti AQSH Davlat Departamenti va Mehnat Departamentining 2018 yildagi tegishli bayonotlarida bir necha bor e’tirof etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning dekabr oyida AQSH Davlat kotibi qarori bilan O‘zbekiston “diniy erkinlik sohasidagi alohida tashvish uyg‘otuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan” chiqarilgan edi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Human Rights Watch

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing