O‘zbekistondagi ilk xususiy aviakompaniya 2 ta Airbus A320 samolyotini ijaraga oldi
Jamiyat
−
17 Fevral 2021 14027 1 daqiqa
“Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi AQSHning “Air Lease Corporation” tashkilotidan uzoq muddatli lizing asosida Airbus A320−200 rusumli 2 ta samolyotni ijaraga oldi. Bu haqda “Air Lease Corporation” xabar berdi.
“Ushbu ikkita A320-200 samolyotlari mart oyida yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu bizning yo‘lovchilarimiz uchun eng yuqori darajadagi xavfsizlik va farovonlikni ta’minlaydigan “Qanot Sharq” parkidagi dastlabki ikkita samolyot bo‘ladi”, deya xususiy aviakompaniya egasi Nosir Abdug‘ofarovning so‘zlarini keltirmoqda samolyotlarni ijaraga bergan Air Lease Corporation kompaniyasi.
2020 yilning oktyabr oyida “Uzbekistan Airports” AJ va “Qanot Sharq” MCHJ xususiy aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangandi.
“Qanot Sharq” – O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk xususiy aviakompaniya. U O‘zbekistonning bir nechta mintaqaviy aeroportlaridan Istanbul, Anaqara, Dubay, Jidda, Madina, Moskva, Sankt-Peterburg, Olma-ota yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiradi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr