Samarqandga uchayotgan samolyot Bakuga favqulodda qo‘ndi
Olam
−
03 avgust
8441“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli Istanbul-Samarqand reysini amalga oshirayotgan samolyot Ozarbayjonning Baku shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “1News” xabar berdi.
Samolyot Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportga kelib qo‘ngan. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashishi sabab bo‘lgan.
Vaziyatga tezkor javob berish hamda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aeroportning barcha xizmatlari to‘liq shay holatga keltirilgan. Airbus A320 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 18:45 da Baku aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Yo‘lovchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Sog‘lig‘i yaxshilanib, roziligi bilan yo‘lovchi so‘nggi manziligacha safarini davom ettirdi”, deyiladi xabarda.
Samolyot mahalliy vaqt bilan 21:07 da Bakudan Samarqandga uchib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani xabar qilingandi. O‘shanda ham favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgandi. Samolyotda bo‘lgan 86 yoshli ayol yurak xurujiga uchragandi.
LiveBarchasi