O‘zbekistondagi ikkita yirik shakar zavodi yopildi

Jamiyat

image

Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekistondagi shakar ishlab chiqaruvchi ikki yirik zavod “Angren shakar” MCHJ va “Xorazm shakar” MCHJ rasman ish faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.

QALAMPIRUZ`ga “Angren shakar” vakilining ma’lum qilishicha, zavod mamlakatda shakar ko‘payib ketgani sababli faoliyatini to‘xtatgan. Ammo bozorning to‘yinishi chetdan kelgan arzon shakar hisobiga bo‘lgan.

“Zavod omborlarda shakar ko‘payib ketgani uchun yopildi. Tashqaridan kelgan arzon shakar hisobiga sotilmay qoldi”, dedi manbamiz.

Zavod endi qayta ochilmasligi ham mumkin. Vaziyat o‘nglanmasa zavod butunlay yopiladi.

“Zavod ochilarmikan degan savol bor? Ahvol shu bo‘ladigan bo‘lsa qaytib ochilmasa kerak. Bizda xodimlar xorijdan mutaxassis olib kelib o‘qitilgan. Mamlakatda shakar ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlanmaydi. Agar zavod ochilmasa ular ketishiga to‘g‘ri keladi”, dedi u.

Qayd etilishicha, zavodda 700 kishi ishlagan. Ammo karantin sabab xodimlarning ko‘pi ta’tilga chiqarilgan. Endilikda qolganlar ham ishni to‘xtatishi mumkin.

“Xorazm shakar” MCHJdan zavodning yopilish yuzasidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

shakar

Baholaganlar

546

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing