O‘zbekistondagi ikkita sement zavodi gaz muammosi sabab faoliyatini to‘xtatdi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020
9596“Quvasoysement” AJ va “Ohangaronsement” AJ gaz bosimi pasayib ketgani sababli sement ishlab chiqarilishi to‘xtatdi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, so‘nggi kunlarda havo haroratining keskin pasayishi, aholining gazga bo‘lgan ehtiyojini oshirgan. Natijada sement ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beriladigan gaz bosimining pasayishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Shu boisdan, ikkala ishlab chiqaruvchining sement mahsuloti o‘tgan haftada fond birja ro‘yxatiga olinmagan.
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, bo‘lib o‘tgan savdolarning o‘rtacha kunlik hajmi 30 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bu avvalgi savdolarga nisbatan 46 ming tonnani belgilagan bo‘lib, bu foiz ko‘rsatkichida 34 foiz kamayganligini ko‘rsatmoqda.
Sotilgan sement hajmi 141 ming 919 tonnani tashkil etgan bo‘lib, bu avvalgi kim oshdi savdosida sotilgan sement hajmidan 68 ming 456 ming tonnaga kamdir.
Qayd etilishicha, savdo hajmining ham pasayishi, uning narxining oshishiga olib kelgan. Ya’ni, aytaylik, hafta boshida 1 kg sement 512 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hafta oxirida u 539,1 so‘mgacha (yoki 5 foizga) ko‘tarilgan.
Mazkur holat savdo ishtirokchilarning kamayishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan: ya’ni ular 1054 dan 817 nafarga kamaygan bo‘lsa, xaridorlar ham 556 nafardan 373 nafargacha kamaygan.
LiveBarchasi