O‘zbekistondagi 1,5 ming mahallaga hali ichimlik suvi yetib bormagan

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 9314 ta mahalladan 1545 tasiga ichimlik suvi yetib bormagan. 3944 ta mahalla esa faqat qisman ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu haqda 26 yanvar kuni “O‘zsuvta’minot” AJ raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani davomida ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, 2023 yilda 1,1 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, iste’molchilar bazasida abonentlarning soni 4,4 milliontadan 4,6 milliontaga yetkazib, 202 ming iste’molchiga oshiriladi.

“Suv hisoblagichlari mavjud iste’molchilar 2,83 milliontadan 3,2 milliontaga oshirilib, suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi 70 foizga yetkaziladi. “O‘zsuvta’minot” AJ tasarrufidagi korxonlarda jami 628 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan”, dedi Raxmatullayev.

Ajablanarlisi, 2022 yilda barcha dasturlar doirasida 3,3 trillion so‘m byudjet mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining 185,5 million dollar mablag‘lari o‘zlashtirilib, respublika aholisini suv bilan ta’minlashga sarflangan.

“O‘zsuvta’minot” AJ raisi o‘rinbosari mazkur mablag‘lar xisobidan respublika bo‘yicha jami 7130,1 km ichimlik va 232,9 oqaova suv tarmoqlari tortilgan. Qolaversa, 859 ta ichimlik va oqova suv inshootlari qurilib, rekonstruksiya qilinganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ “O‘zsuvta’minot” AJ ma’lumotlariga tayanib, “Ahvolimiz chatoq: O‘zbekistonning suv zaxirasi allaqachon tugab bo‘lgan” sarlavhali videomaterial e’lon qilgan edi.

Akobir Misiraliyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ichimlik suvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing