O‘zbekistonda zo‘ravonlik holatlari 140 foizga oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda shaxsga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari 4 yilda 140 foizga ortdi.  Bu haqda bugun, 10 oktyabr’ kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning mos davrida 311 nafar shaxs zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsa, 2021 yilning avgust oyigacha 565 nafar fuqaro zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. 

2022 yilning 8 oyida zo‘ravonlik holatlari 2021 yilga nisbatan qisman yaxshilangan bo‘lib,  511 nafarni tashkil qiladi. 

Ammo  joriy 2023 yilning 8 oyida zo‘ravonlikka uchragan shaxslar soni keskin oshib ketgan – 747 nafar. 

Ularning eng ko‘p ulushi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka to‘g‘ri kelib,  51 foizni tashkil qiladi. 

Shuningdek, zo‘ravonlikning 45 foizi badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish bilan tugagan.  Bunday jinoyatlarning 4 foizi qiynash, jinsiy tajovuz va boshqa ko‘rinishda bo‘lib, zo‘ravonlikka uchraganlarning 12 foizi erkaklar,  88 foizi esa ayollardir.

"Ammo ayollar odatda o‘zining zo‘ravonlikka uchraganini yig‘lab va aytib bildirsa,  ekraklar ichiga yutadi. Ularga bolalikdan erkak yig‘lamaydi, u chidashi kerak deb uqtiramiz. Shu sababli ularning statistikasi ko‘proq bo‘lishi mumkin", dedi Laylo Fayzimurodova  Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing