O‘zbekistonda zilzila yuz berdi
Jamiyat
−
14 iyul 2025 9460 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni soat 15:55 da Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Buxoro viloyatining Jondor tumanida Toshkentdan 532 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Koordinatalari: 40,42 shimoliy kenglik, 62,99 sharqiy uzunlik. Magnituda: 4,2, zilzila chuqurligi 15 km. Epimarkazda sezilish kuchi: 4 ball.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Peshku tumanida 2-3 ball, 39 km;
- Gazli shahrida 2 ball, 51 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 73 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 3,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025