O‘zbekistonda yana zilzila yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:32 da (05.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 09:32 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 40,27 gradus shimoliy kenglik; 70,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 50 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 177 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan : 107 km, 2 ball.
Andijon : 139 km, 2 ball.
Farg‘ona : 80 km, 2 ball.

Avvalroq, Tojikistonda sodir bo‘lgan yer silkinishining kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing