O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
30 noyabr 2020
11246Bugun, 30 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:58 da (30.11.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 13:58 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,01 gradus shimoliy kenglik; 63,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 479 km janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Buxoro: 61 km, 3 ball.