O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bu qiziq

image

Bugun, 2 aprel kuni O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 23:05 da (02 04.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 18:05 da) sodir bo‘ldi. 

Zilzila epimarkazi Buxoro viloyati, Jondor tumani ekani aytildi. 

Zilzila koordinatalari: 
40,34 gradus shimoliy kenglik; 
63,18 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 518 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Mazkur zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilib, 5-6 ballni tashkil qilgan. 

Shuningdek, 23 mart kuni soat 1:07 da O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, ushbu zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 217 km janubi-sharqda, Tojikistonda bo‘lgan. Toshkentda yer silkinishining ta’sir kuchi 5 ballga teng bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made