O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020 12608 1 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:10da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Yer silkinishi koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km.
Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 292 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 292 km, 2 ball.
- Namangan: 168 km, 3 ball.
- Andijon: 152 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 99 km, 4 ball.
- Guliston: 276 km, 2 ball.
- Jizzax: 341 km, 2 ball.
- Samarqand: 411 km, 2 ball.