O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
14 iyul 2020 21462 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12: 34 da (14.07.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 07:34 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,58 gradus shimoliy kenglik; 70, 86 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5, 1. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 540 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 496 km, 2 ball.
Andijon: 485 km, 2 ball.
Farg‘ona: 431 km, 2 ball.
Guliston: 471 km, 2 ball.
Jizzax: 473 km, 2 ball.
Samarqand: 483 km, 2 ball.
Termiz: 326 km, 2 ball.
Qarshi: 513 km, 2 ball.