O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
14 may 2020
15158Bugun, 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:16 (14.05.2020 da 16:16 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Koordinatalar 41,26 gradus shimoliy kenglik, 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik h=14 km. Toshkentgacha masofa 197 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan : 30 km, 4 ball.
Andijon : 84 km, 3 ball.
Farg‘ona : 99 km, 2 ball.
Avvalroq, O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan va Afndijon viloyatlarida yer silkinishi sezilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi