O‘zbekistonda YPX xodimlari narkotesterdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image


O‘zbekistonda Yo‘l patrul xizmati xodimlariga narkotesterlardan foydalanishiga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu o‘zgarish nazarda tutilgan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Qaror loyihasida qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli va ziddiyatli holatlarning oldini olish hamda transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lganligini aniqlashni texnik vositalaridan foydalangan holda tezkorlik bilan tekshirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda: 

•    transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlashda narkotester maxsus texnik vositasidan foydalanish;

•    narkotester yordamida aniqlangan holatlar bo‘yicha transport vositalari haydovchilariga nisbatan choralar ko‘rish tartibini belgilash.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Nizom 2-bandining yettinchi xatboshisi “mobil komplekslar, alkotester,” so‘zlaridan keyin “narkotester,” so‘zi bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, 21-band chiqarib tashlanyapti. 2-paragraf nomlanishidagi “ta’siridan” so‘zi “, giyohvand modda ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda” so‘zlari bilan almashtirilmoqda.

361-bandda “ta’siridan” so‘zi “, giyohvand modda ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda” so‘zlari bilan almashtirilyapti, “alkotester” so‘zidan keyin “, narkotester” so‘zi bilan to‘ldirilyapti.

362-band “alkotester” so‘zidan keyin “, narkotestr” so‘zi bilan to‘ldirilmoqda

365-band esa quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi miqdorini yoki biologik suyuqlik (so‘lak)da giyohvandlik yoxud psixotrop moddalar borligini aniqlash orqali o‘tkaziladi”.

367-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Transport vositasi haydovchisi alkotesterda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda yoxud transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan olingan biologik suyuqlik (so‘lak) narkotester yordamida tekshirib ko‘rilib, uning giyohvand modda iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvand modda ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi”.


Maqola muallifi

Teglar

YPX

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing