O‘zbekistonda yil boshidan necha kishi is gazidan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 2022 yil boshidan buyon is gazidan 146 nafar fuqaro vafot etgani ma’lum qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil davomida respublikada 90 dan ortiq is gazi bilan zaharlanish holati qayd etilgan. Buning oqibatida 146 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan. 50 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

“Ichki ishlar vazirligi ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qoladi. Nostandart yoki sertifikatlanmagan isitgich va pechlardan foydalanmang. Gaz hidini sezsangiz 1050 hamda 102 qisqa raqamlariga darhol qo‘ng‘iroq qiling”, deyiladi IIV xabarida.

Avvalroq, Qashqadaryoda bir oiladan 3 kishi is gazidan ko‘z yumgani hamda Toshkent viloyatida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing