Qashqadaryoda bir oiladan 3 kishi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida bir oilaning 3 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Qarshi tumani “Dasht” qishlog‘ida 77 yoshli ayol, uning 33 yoshli kelini va 2-sinf nabirasi qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazidan vafot etgan. Qayd etilishicha, oilaning yana ikki nafar a’zosi shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing