Chinozda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ularning orasida chaqaloq ham bor
3-sahifa
−
05 dekabr 2022
5468Toshkent viloyati Chinoz tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 4 dekabr kuni soat 07:00 da Chinoz tumani, “Xo‘ja” mahallasida yashovchi bir oilaning 3 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Ularning orasida 3 oylik chaqaloq ham bo‘lgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, marhum fuqaro B.Y. xonadonida foydalanilgan tabiiy gazdan 7,5 million so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan. B.Y. xonadonidan gaz ta’minoti uzilganiga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib, undan foydalanib kelgan.
Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, oilaning uch nafar a’zosida tashqi ko‘rik vaqtida tan-jarohatlari aniqlanmagan, ularning o‘limiga yonib ulgurmagan is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Avvalroq Farg‘onada 3 kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi