O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi muddati o‘zgardi

Sport

image

O‘zbekiston Professional futbol ligasi koronavirus sabab 2020 yilgi yozgi transferlar oynasi muddatini o‘zgartirdi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zbekiston professional futbol klublari uchun 2020 yilgi Musobaqalarni o‘tkazish reglamentida yozgi transfer oynasi 6-31 iyul sanalari oralig‘i etib belgilangan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli milliy chempionat uchrashuvlarida qisqa tanaffus yuzaga keldi. Bu esa o‘z navbatida mavsum taqvimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi muddati 10-31 avgust sanalari oralig‘iga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyundan O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer futbol

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing