O‘zbekistonda yetishtirilgan tonnalab meva Rossiyadan chiqarib yuborildi

Olam

image

O‘zbekistondan Rossiyaga sotish uchun olib borilgan mevalar mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.

19 tonnadan ortiq ho‘l mevani olib ketayotgan yuk mashinasi Rossiyaning Samara va Tolyatti shaharlari orasida “Rosselxoznadzor”ning Samara viloyati boshqarmasi va bojxonachilar tomonidan to‘xtatilgan.

Yuklar Qozog‘istondan kelayotgan bo‘lgan va hujjatlarda mevalar Qozog‘istonda yetishtirilgani ko‘rsatilgan.

Tekshiruvchilar mevalar o‘ralgan yashiklarni ko‘zdan kechirib, undagi yorliqda mevalar O‘zbekistonda yetishtirilgani haqidagi yozuvni aniqlagan.

Yuklar orasida 4 tonna xurmo, 200 kg anor va 15 tonna uzum bo‘lgan.

Ushbu yuklar uchun olingan fitosanitar sertifikat yaroqsiz deb topilgan. Yuklar Qozog‘istonga qaytarib yuborilgan. Aybdorlar esa ma’muriy javobgarlikka tortilishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya meva

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing