O‘zbekistonda yer silkinishi yuz berdi
Jamiyat
−
12 iyun 2020
11341Bugun, 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30 da (12.06.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 04:30 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,76 gradus shimoliy kenglik; 73,04 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 326 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Andijon: 59 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.