O‘zbekistonda yangi unvon ta’sis etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihasha ko‘ra, faxriy unvon gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit monitoringi sohasini rivojlantirish, gidrometeorlogik ishlab chiqarishni kengaytirish, gidrometeorologiya sohasi moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash, gidrometeorologiya ishlarini amalga oshirishda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun gidrometeorologiya tarmog‘ining yuqori malakali gidrometeorologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.

Hujjatda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” ko‘krak nishoni tavsifi keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

unvon

Baholaganlar

164

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing