O‘zbekistonda yangi kodeks ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va shakllangan milliy huquqni qo‘llash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Ishchi guruh 2020 yil 1 fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

kodeks nodavtlat notijorat tashkilot

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing