Fuqarolik kodeksiga mulk huquqiga oid o‘zgartirish kiritilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga mulk huquqiga oid o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilgan. Taklif etilayotgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan.

Ushbu hujjatga asosan kiritilayotgan o‘zgartishda mulk huquqi bilan bog‘liq munosabatlar maxsus qonun bilan tartibga solinayotganini inobatga olib Fuqarolik kodeksining tegishli moddalaridagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar “qonun” degan so‘z bilan almashtirilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi orqali Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qoidalarning turlicha talqin qilinishining oldi olinadi. Eng muhimi, mulkka bo‘lgan huquqlarni bekor qilish va mulkka doir munosabatlar tartibga solinishiga erishiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

kodeks

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made