O‘zbekistonda yangi institut tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

•    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zaruriy kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
•    malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishini ta’minlash va monitoring olib borish;
•    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib, ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish;
•    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish asosida ularning ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohalaridagi ko‘nikmalarini rivojlantirish;
•   yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini muntazam yangilab borish, ularning faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini ta’minlash;
•   rahbar va pedagog kadrlarda Internet jahon axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
•   trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berish;
•   rahbar va pedagog kadrlarning chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish, o‘z kasbiy mahoratini, pedagogik va ilmiy faoliyati samaradorligini muntazam oshirib borish imkoniyatlarini yaratish;
•   sport sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida intensiv qayta tayyorlash va malaka oshirish platformasini yaratish;

•   sport hakamligiga tayyorlash bo‘yicha oliy ma’lumotli hamda o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli sportchilar uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish;
    
•   sport maktablari hamda sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy adabiyotlar fondini boyitish, intensiv malaka oshirish platformasi uchun sport sohasiga oid ta’lim resurslarini yaratish, muntazam yangilab borish hamda sportning dolzarb muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqotlar olib borishni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasi faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

Belgilab qo‘yilishicha:
•   Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, sportchilarni tayyorlashning barcha darajalarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilmiy-metodik ta’minlash hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim, ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

•   filiallar Institutning yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi sanaladi;

•   Institut va uning filiallari rektori (direktorlari), prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari), professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlariga oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut va filiallar xodimlari hamda pedagog kadrlarini lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi (bazaviy lavozim maoshi) bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra 200 foizgacha ustama haq to‘lash amalga oshiriladi.

Institut va filiallar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, xo‘jalik faoliyativa shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvariga qadar Institut huzurida “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)” hamda “Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (sport faoliyati)” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etish choralarini ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

institut O'zbekistonda sportga oid

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing