Yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish takomillashtiriladi. Bu bugun, 2 aprel kuni qabul qilingan “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:

yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;

  • aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
  • yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.

Bundan tashqari, 2025 yil 15 apreldan 2026 yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

taksi O'zbekistonda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing